Hozir paxta, g‘alla va boshqa bir qator ekinlarni yetishtiryapmiz. Ushbu ekinlar O‘zbekistonda ichki iste’mol uchun yetishtiriladi. Shuningdek, ular Oʻzbekistonning toʻqimachilik va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ham ishlab chiqarilmoqda. Yetishtiriladigan ekinlar ham tijorat, ham ekologik omillarni hisobga olgan holda ehtiyotkorlik bilan tanlanadi. Yuqori va sifatli hosilni ta’minlash uchun biz jahon andozalari darajasidagi texnika va innovatsion qishloq xo‘jaligi amaliyotlaridan foydalanamiz hamda xodimlarimizni ushbu yangi texnologiya va texnikalardan foydalanishga faol ravishda o‘rgatamiz.
Ekin maydoni: ~50 000 ga, qo‘shimcha ~ 25 000 ga shartnoma asosida qayta ishlanadi.
O‘zbekiston iqlimiga mos, GMO bo‘lmagan o‘rta uzunlikdagi paxta navlarini yetishtiramiz. Paxtamiz pestitsidlardan foydalanishni cheklovchi turli xil texnologiyalar yordamida yetishtiriladi. Yig‘ib olingan paxta «Indorama Agro» kompaniyasining paxta tozalash zavodlarida tolalarga qayta ishlanadi va keyin Indorama Kokand Textile ga yetkazib beriladi. Tozalash jarayonida yig‘ib olingan paxta chigitlari nafaqat yangi ekinlarni yetishtirish, balki oziq-ovqat moylarini ishlab chiqarish, chorva uchun ozuqa sifatida va himoya qog‘ozida ishlatiladigan tsellyuloza ishlab chiqarish uchun linter sifatida ishlatiladi.
Ekin maydoni: ~26000 ga, qo‘shimcha ~ 15000 ga shartnoma asosida ishlanadi.
Biz GMOsiz kuzgi qattiq bug‘doy va kuzgi arpa turlarini yetishtiramiz. Qattiq bug‘doy tarkibida kleykovina miqdori yuqori. Indorama Agro tuproq sifatini saqlashga yordam beradigan barqaror almashlab ekishning bir qismi sifatida bug‘doy va arpa yetishtiradi. Ekish va yig‘im-terim ishlari to‘liq mexanizatsiyalashgan. O‘rib olingan g‘alla O‘zbekiston hukumatiga ichki bozorni ta‘minlash uchun sotiladi.
Ekin maydoni: ~2700 ga
Indorama Agro paxta va g‘alla yetishtirish bilan bir qatorda, ko‘plab boshqa ekinlar, jumladan, mosh, soya va kartoshka yetishtiradi. Ushbu ekinlar tajriba asosida yetishtiriladi. Bu mahsulotlar mahalliy bozorlarda sotilib, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.